Shamakov Iskandar Kamilovich
Bolalar infeksionisti, gastroenterolog / Birinchi toifali shifokor
Konsultativ poliklinikaBolalar infeksionisti, gastroenterolog, birinchi toifali shifokor, 16 yildan ortiq klinik tajribaga ega mutaxassis.
Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutini «Davolash ishi» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Smolensk tibbiyot akademiyasida (Rossiya) yuqumli kasalliklar bo‘yicha internaturadan o‘tgan.
Xalqaro ta’lim markazlarida, jumladan Open Medical Institute (Zalsburg) da malaka oshirgan va kasbiy ta’lim olgan.
Bolalarda yuqumli va gastroenterologik kasalliklarni kompleks tashxislash va davolash, shuningdek, kasallikdan keyin bemorlarni kuzatishga ixtisoslashgan. Ma’lumoti va malakasi
Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti Davolash ishi, 2005-yil
Internatura: Smolensk tibbiyot akademiyasi (Rossiya) Yuqumli kasalliklar
Xalqaro ta’lim: Open Medical Institute (Salzburg)
Agar bolada quyidagilar bo‘lsa, infeksionist-gastroenterolog konsultatsiyasi zarur bo‘lishi mumkin:
- tez-tez yoki uzoq davom etadigan ichak infeksiyalari
- qorin og‘riqlari
- ich kelishi buzilishi (qabziyat, diareya)
- ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahaning pasayishi
- haroratning uzoq vaqt ko‘tarilib turishi
- jigar yoki oshqozon-ichak yo‘li kasalliklariga shubha
- o‘tkazilgan infeksiyadan keyingi holsizlik
- yuqumli kasalliklar bo‘yicha konsultatsiyaga ehtiyoj